Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxonachilar qariyb 5,5 mlrd. so‘mlik maishiy texnikani to‘xtatib qoldi

Bojxonachilar qariyb 5,5 mlrd. so‘mlik maishiy texnikani to‘xtatib qoldi

Foto: Bojxona qo‘mitasi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan «Chuqursoy» bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan yuk konteynerida keltirilgan tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Bojxona ko‘rigi davomida temir yo‘l konteynerida kirib kelgan tovarlarning bojxona to‘lovlari tovarlarning har bir donasiga hisoblansada, hujjatlarda tovarlarning miqdori qayd etilmaganligi aniqlandi.

Natijada, 5 mlrd. 344 mln. so‘mlik 23 800 dona maishiy texnika tovarlari holatga aniqlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring