«Bojxona institutini to‘liq transformatsiya qilamiz» — Prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda sohada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.
Endilikda Bojxona instituti kursantlari 2-kursda bir oy, 3-kursda uch oy va 4-kursda olti oy bojxona postlarida amaliyot o‘taydi.
Institutda bojxona xodimlari va kursantlarga xorijiy tillarni o‘rgatish, ularning madaniyati, saviyasi, IT ko‘nikmalarini tizimli oshirish kerakligi qayd etildi.
Shuningdek, institutda standartlar va metrologiya, nazorat uskunalarini boshqarish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi lozim.
«Bojxona institutini to‘liq transformatsiya qilamiz», — dedi Prezident.
Uch oy muddatda Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi chuqur o‘rganilib, qo‘shma qadr tayyorlash dasturini joriy qilish topshirildi.
Bojxona xodimlari uchun raqamli texnologiyalarga o‘qitish kurslari tashkil etilib, joriy yilda 500 nafar xodimni o‘qitish topshirildi.
Bojxona qo‘mitasiga kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytirishga ko‘rsatma berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter