Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha mudiri 146 mln so‘mni «yeb qo‘ydi»

Bog‘cha mudiri 146 mln so‘mni «yeb qo‘ydi»

Foto: «News.yandex.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yurtimizda mavjud ta’lim muassasalarida joriy va kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi uchun mablag‘lar ajratib kelinmoqda. Navoiy shahridagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ham davlat hisobidan mablag‘ ajratilib, ta’mirlash ishlari «Grant stroy servis Karmana» MChJ tomonidan boshlab yuborilgan edi. Reja bo‘yicha bolalar bog‘chasi yangicha ko‘rinishga ega bo‘lib, zamon talablariga javob berishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq harom luqma yeyishni o‘ziga odat qilgan ushbu tashkilot mudirining nafsi bunga to‘sqinlik qildi. M.Sh. xizmat mavqeidan foydalanib «Grant stroy servis Karmana» MChJ rahbari I.G. bilan jinoiy til biriktirib, soxta hisobot rasmiylashtiradi. Surishtiruvlarda ayon bo‘lishicha, mazkur shaxslar Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotida bajarilmagan ta’mirlash ishlari uchun 146 mln 200 ming so‘m pul belgilanishiga erishib, o‘zlashtirilgan mablag‘larni shaxsiy manfaati yo‘lida sarflab yuborgan, deya xabar berdi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring