Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha mudirasi salkam 1 milliard so‘mni o‘zlashtirdi – prokuratura

Bog‘cha mudirasi salkam 1 milliard so‘mni o‘zlashtirdi – prokuratura

Foto: Xabar.uz

2021-yil o‘tgan davrida viloyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonunbuzilish holatlari yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasining rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Ta’lim muassasalari rahbarlarining budjet mablag‘larini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Misol uchun, Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli MTT mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2,6,10,12-sonli MTTlar mansabdor shaxslari tomonidan o‘zlariga ishonib topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring