Bog‘cha bolalari zaharlanishi ortidan 3 kishi ishdan haydaldi
Bekobod tumanidagi 15-bog‘cha mudirasi Mohira Raxmatullayeva, oshpaz Shohida Qaxramonova va hamshira Mavluda Ergasheva lavozim majburiyatlarini bajarmagani va loqayd xatti-harakati natijasi oqibatida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazilgani sababli ishdan bo‘shatilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-bog‘cha tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablarini batafsil o‘rganib chiqqan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika DSENM xulosasiga ko‘ra, bolalarda kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish bo‘limi va bog‘chaning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgan.
27-sentyabrdan 6-oktyabrgacha bog‘cha faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Tashkilotda umumiy tozalash, dezinfeksiya tadbirlari va bog‘chadagi sanitariya-texnika vositalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Xodimlarga sanitariya normalari va qoidalari bo‘yicha 3 kunlik o‘qish tashkil etilgan.
Bog‘cha bugun, 7-oktyabrdan ishga tushgan va tarbiyalanuvchilarni yana qabul qila boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter