Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boeing kompaniyasi 17 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Boeing kompaniyasi 17 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Boeing kompaniyasi 17 000 ish joyini qisqartiradi, bu umumiy ishchi kuchining 10 foizini tashkil qiladi, deb xabar berdi Reuters.

Shuningdek, 777X samolyotining birinchi yetkazib berilishini bir yilga kechiktiradi, ish tashlash natijasida kompaniya uchinchi chorakda 5 milliard dollar zarar ko‘radi.

«Ishdan bo‘shatishlar rahbarlar, menejerlar va xodimlarga ta’sir qiladi», dedi kompaniyaning yangi bosh direktori Kelli Ortberg. U avgust oyida Boeingni qabul qilib, kasaba uyushmasi va xodimlar bilan munosabatlarni tiklashga va’da bergandi.

Ish tashlash bir oy oldin boshlangan. Boeing kompaniyasining Sietl va Portlenddagi 33 mingga yaqin xodimi, Xalqaro aerokosmik va mashinistlar uyushmasi a’zolari maoshlarini 40 foizga oshirishni talab qilmoqda. Kompaniya ish haqini 25 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi, biroq u rad etildi.

Boeing rahbari kompaniyaning 737 MAX samolyoti bilan bog‘liq muammolari fonida o‘zgargandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring