«Boeing» 227 kilogrammgacha yukni tashishga mo‘ljallangan dronni yaratdi
«Boeing» kompaniyasi muhandislari 227 kilogrammga yaqin yukni tashishga mo‘ljallangan dron prototipini yaratdi, deb xabar berdi «ITC.ua».
Mutlaq elektrlashtirilgan qurilmaning 8 ta propelleri mavjud. Qurilmaning bazaviy konstruksiyasi asosan metall va batareyalardan tashkil topgan ancha yirik hajmga ega. Uning o‘lchami 4,6x5,5x1,2 metrga teng va og‘irligi salkam 339 kilogramm.
Dronni yaratish ustida «Boeing» muhandislari 3 oy mehnat qildi va sinov parvozlarini o‘tkazishga ham ulgurishdi.
«Boeing»ning yuk tashishga mo‘ljallangan dronlari ustida «Aurora Flight Sciences» loyihasi bilan bir vaqtda ish olib borilmoqda. U o‘zi boshqariladigan dronlar va samolyotlarni yaratishga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter