Bodring foydasi: shifokor muhim ma’lumotlarni oshkor qildi
Bodring iste’moli vaznni nazorat qilish, teri va sochning go‘zalligini saqlashga yordam beradi. Bu haqda diyetolog Yelena Bogatova ma’lumot berdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bodringning 96 foizi suvdan iborat, shuning uchun u suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi.
Bundan tashqari, bodring K va C vitaminlari, kaliy va beta-karotinga boy. Ushbu elementlar hujayralarning yaxlitligini saqlaydi, terining yoshligi va go‘zalligini ta’minlaydi, immunitetni mustahkamlaydi.
«Bodring tananing ichidagi namlikni yaxshi saqlaydi. Bodring niqoblari terini namlik bilan oziqlantiradi, uni yanada elastik va chiroyli qiladi», - dedi Bogatova.
Diyetologning qo‘shimcha qilishicha, bodring ishtaha uchun foydalidir, chunki uning kaloriyasi past.
Bodring, shuningdek, sog‘lom metabolizmni saqlashga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter