«Bobur va dunyo»: «Arvoh bazmda ashula ayta boshlasa...»
«Bobur va dunyo» jurnalining 2-sonida sohibqiron Amir Temurning 682 yilligiga bag‘ishlab bir necha maqolalar berilgan. Jumladan, taniqli olimlar Abdumajid Madraimov va Askariy Madraimovning «Temurbek bir ulug‘ ko‘shk solibtur» maqolasida Bobur mirzoning ulug‘ bobosi haqidagi fikrlari tahlil etilgan.
Sattor Shermatovning «Sohibqiron volidasi» maqolasi esa buyuk sarkardaning onasi ta’rifiga bag‘ishlangan. Burobiya Rajabovaning «Abdulla Avloniy Bog‘i Bobur haqida», Hasan Qudratullayevning «Himmat riqobig‘a oyoq qo‘yib...», Parda Tojiyning «Taxayyul kabutari», Zulxumor Xolmanovaning «Shoirning tibbiy iqtidori», Aziza Ibrohimovaning «Bobur siymosi musavvirlar nigohida», Nilufar Hadimetovaning «Aruz risolasidagi she’rlarning qiyosiy talqini», Muqaddasxon Ergashevaning «Bobur ijodiga zamonaviy innovatsion yondashuv», Vahob Rahmonning «Arvoh bazmda ashula ayta boshlasa...» kabi maqolalarda ulug‘ shoirning hayoti, ijodiy faoliyatiga doir qiziqarli ma’lumotlarni o‘qishingiz mumkin.
Taniqli publitsist Ahmadjon Meliboyevning atoqli adib Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga bag‘ishlangan «Yillar sanog‘iga sig‘magan umr» nomli chiqishi yozuvchi asarlarining tahlilidan so‘zlaydi.
Shuningdek, jurnalda ulug‘ shoirlar — Abdurahmon Jomiy va Abay she’rlaridan namunalar berilgan. Ushbu sonda yana boshqa ko‘plab ham qiziqarli, ham fikrlashga chorlovchi materiallarni o‘qishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter