Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobosi bilan eskalatordan qulagan 3 yoshli nabiraning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Bobosi bilan eskalatordan qulagan 3 yoshli nabiraning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu yilning 18 fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan «Yangi hayot» savdo majmuasidagi eskalatordan muvozanatni yo‘qotib, pastga qulab tushgan bobo va uning nabirasi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur baxtsiz hodisa tufayli 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan bo‘lsa, uning 3 yoshli nabirasi A.T. og‘ir ahvolda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan edi.

Xo‘sh, ayni paytda bolakayning ahvoli qanday? Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Joriy yil 23 fevral holatiga ko‘ra, bemorning umumiy holati dinamikada yaxshilanib bormoqda. Ayni paytda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tajribali shifokorlari tomonidan standart bo‘yicha muolajalar davom ettirilyapti.

Shuningdek, bolaning ahvoli Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan kunlik nazorat qilib borilmoqda.

Bemor yaqin kunlarda reanimatsiyadan bolalar bo‘limiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring