BMTning mingga yaqin xodimi koronavirusni yuqtirib olishdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda BMTning butun dunyo bo‘yicha xodimlari orasida 953 kishi koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
«Kechagi ma’lumotlarga ko‘ra, jami BMTda 953 kishi COBVID-19 bilan kasallangan», — dedi Dyujarrik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallanganlarning aksariyati BMTning Malida barqarorlashtirish bo‘yicha missiyasi xodimlari tashkil etadi — 187 tinchlikparvar koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lsa, ulardan ikki nafari vafot etdi. 45 ta xodim tuzaldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 7,4 million kishi kasallangan bo‘lib, ulardan 418 ming nafari vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter