BMT va Inson huquqlari markazi hamkorligida brifing tashkil etildi (foto)

Bugun 23-may kuni BMT va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi hamkorligida «BMT Inson huquqlari kengashi Universal davriy hisoboti doirasida O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi milliy ma’ruzasining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha qo‘shma brifing» bo‘lib o‘tdi.
Brifingni Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov ochib berdi. Shudan so‘ng BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashining universal davriy ma’lumoti doirasida uchinchi milliy milliy ma’ruzasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari tadbirda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer Inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar taqdimotini namoyish etdi.
Brifing doirasida ishtirokchilar – diplomatik korpus vakillari va xalqaro tashkilotlar inson xuquqlari kengashining tavsiyalari bilan tanishtirildi.
O‘zbekistonda ijtimoiy va iktisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi, tadbirkorlar imkoniyatlarining kengaytirilgani, biznes-Ombudsman tashkil kilinishi, aholi yashashi, ta’lim va sog‘liqni saqlash qamrovi kengaytirilgani BMT a’zolari tomonidan ijobiy baholandi.
Brifing yakunida BMT va Inson huquqlari markazi o‘rtasida qo‘shma loyiha imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter