BMTda insoniyat uchun asosiy tahdidlar nima ekanini ma’lum qilindi

BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP – United Nations Environmental Programme) ekspertlari halokatli o‘rmon yong‘inlari va zararli shovqinlarni insoniyat uchun asosiy tahdidlardan biri deb atadi.
Mutaxassislarning fikricha, bu hodisalar tabiat va inson salomatligiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisobot matni tashkilot saytida e’lon qilingan.
Hujjatga ko‘ra, 2002-yildan 2016 yilgacha dunyoda har yili o‘rtacha 423 million gektar o‘rmon yonib ketadi – bu butun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududiga tengdir.
Barcha yong‘inlarning 67 foizga yaqini, Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Biroq, xavfli tabiiy ofatlar yillar davomida, jumladan, dunyoning yong‘inga xos bo‘lmagan qismlarida tez-tez uchrab turadi.
«Bu iqlim o‘zgarishi, jumladan havo haroratining ko‘tarilishi va tez-tez sodir bo‘ladigan qurg‘oqchilik bilan bog‘liq. Yana bir xavf omili yerdan foydalanishning o‘zgarishi, jumladan, ekinlar, chorvachilik yoki shaharni dekonstruksiya qilish uchun qasddan o‘rmonlarni kesish», — deyiladi UNEP hisobotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter