BMT FAO’da o‘zbek milliy taomxonasi ochiladi

Joriy yil iyun oyida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida o‘zbek madaniyati, an’analari va mehmondo‘stligini o‘zida yaqqol namoyon etadigan Uzbekistan Lounge milliy xonasining ochilish marosimi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya Italiyaga tashrifi doirasida BMT FAO bilan muzokaralar o‘tkazgan. Kun tartibida agrar sohada O‘zbekiston va FAO o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, bilim va innovatsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va boshqa masalalarda hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilingan.
Shuningdek, kelgusida mintaqada Orol dengizi fojeasi oqibatlarini yumshatish, qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalarida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter