BMT diplomati o‘z uyida o‘lik holda topildi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining diplomati Manxettendagi kvartirasida o‘lik holda topildi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.
Politsiyadagi manbalarga ko‘ra, marhum 38 yoshli ayol bo‘lgan. U doimiy missiyada ishlagan davlat aytilmagan. Uning fuqaroligi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Gazetaning yozishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hozirda bu qotillik ekanligini qayd etishmayapti. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud ekspertizasi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter