Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibi Moskva va Kiyevga kelmoqchi

BMT bosh kotibi Moskva va Kiyevga kelmoqchi

Foto: AP

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukrainaga kelmoqchi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Bosh kotibni qabul qilish so‘ralgan xatlar kecha, 19-aprel kuni har ikki mamlakatning BMTdagi doimiy vakillariga topshirilgan. Antoniu Guterrish Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Moskvada, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan Kiyevda qabul qilishni so‘ragan.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, Moskva va Kiyevda o‘t ochishni to‘xtatish va Ukrainada tinchlik o‘rnatish borasidagi qadamlarni tezlatish, shuningdek, xalqaro huquq va BMT nizomi asosida xalqaro tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishni muhokama qilmoqchi.

Guterrish qo‘shimcha qilishicha, Ukraina va Rossiya BMTga asos solgan mamlakatlar sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring