BMT Bosh assambleyasi islomofobiyaga qarshi rezolyusiyani qabul qildi
BMT Bosh assambleyasi islomofobiyaga qarshi kurashish choralarni o‘z ichiga olgan rezolyusiyani qabul qildi. Reportning Amerika byurosi xabariga ko‘ra, Pokistonning BMTdagi doimiy vakili ovoz berishga taqdim etgan ushbu hujjat ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi: rozilar — 115 mamlakat, betaraflar — 44 mamlakat.
O‘zbekiston, tabiiyki, rezolyusiyani tasdiqlagan mamlakatlar qatorida.
Hujjatda so‘nggi yillarda dunyoda islomofobiya holatlari ko‘paygani, shuningdek, davlat va xususiy sektorda ishlayotgan odamlarga nisbatan dini yoki e’tiqodi tufayli zo‘ravonlik holatlari yuzaga kelishining odini olish choralari samarasizligi, bunday holatlar uchun javobgarlik yetarlicha ta’minlanmayotganidan tashvish bildirilgan.
15-martni Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilish g‘oyasi birinchi marta 2020-yil noyabr oyida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Niamey (Niger)da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Turkiya va Pokiston tomonidan ilgari surilgandi. BMT Bosh Assambleyasi 2022-yilda ushbu tashabbusni tasdiqlab, 15-martni Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurashish kuni, deb e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter