Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloomberg: Rossiya va Xitoy savdo munosabatlari yomonlashdi

Bloomberg: Rossiya va Xitoy savdo munosabatlari yomonlashdi

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlari Ukrainada urush boshlangani munosabati bilan yomonlashgan.

Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

«Xorijda muhim operatsiyalarga ega bo‘lgan har qanday xitoylik firma uchun AQSh moliya tizimiga doimiy kirish Rossiya bilan tuziladigan har qanday bitimlardan ko‘ra qimmatroqdir. Biroq ba’zi kichikroq firmalar tavakkal qilishga tayyor bo‘lishi mumkin», — deyiladi Capital Economics konsalting kompaniyasi hisobotida.

Qayd etilishicha, savdoning pasayish kuzatilayotgan asosiy yo‘nalishlari Rossiyadan xom neft, tabiiy gaz va ko‘mir eksporti hisoblanadi. Rossiyadan Xitoyga palladiy eksport qilish hami xavf ostida bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, AQSh Xitoyni Rossiyaga yordam bersa chora ko‘rishini aytgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring