Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedov 15 sutkaga qamalishdi

Blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedov 15 sutkaga qamalishdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Prezident matbuot kotibi uchrashgan bloger 15 sutkaga qamalishi mumkin ekan» sarlavhali xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28-iyun kuni telegramdagi «Olimjon Haydarov» hamda  «QO‘QONJONIM» kanallarida qoldirilgan  «Qo‘qon shahrida noqonuniy Cherkov faoliyat olib bormoqda» sarlavhali xabar  yuzasidan «Vozrojdeniye» nomli «Yevangel» xristianlari cherkovi pastori A.Ayrapetovning arizasiga asosan Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Qo‘qon shahar, Chust ko‘chasi 51-uyda joylashagan «Vozrojdeniye» nomli «Yevangel» xristianlari cherkovi 2019 yildan boshlab rasmiy faoliyat yuritib kelayotganligi, Adliya vazirligining guvohnomasiga ega ekanligi, Yevangel-xristian diniga e’tiqod qiluvchi fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar 2022-yil 22-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.

Sud tomonidan blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184 prim 3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring