Blogerlar chempionatining hakamlari bilan tanishing!
![Blogerlar chempionatining hakamlari bilan tanishing!](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3356643372.jpg)
2018-yilning 12-aprel kuni start beriladigan Blogerlar chempionati jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgani va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgani bizni xursand qilmoqda. O‘ylaymizki, chempionat kutilganidan ham keskin kurashlar, sog‘lom raqobat ruhida o‘tadi va asosiysi mushtariylar ajoyib bloglardan bahramand bo‘lishadi.
Blogerlar chempionatining barcha bosqichlari natijasi hakamlar hay’atining baholari asosida chiqariladi. Ya’ni birinchi bosqichdan ikkinchisiga o‘tuvchilar ham, ikkinchi bosqichdan finalga chiquvchilar ham, final bosqichi g‘olib va sovrindorlari ham faqatgina hakamlarning bahosiga ko‘ra aniqlanadi. Hakamlar hay’ati Blogerlar chempionati tashkilotchilari tomonidan tayinlangan malakali mutaxassislar jamoasidan iborat.
Ta’kidlash joizki, chempionatga hakamlikka mutaxassislarni jalb qilishda bir qator mezonlarni hisobga olishga harakat qilindi. Eng avvalo, blogerlikning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, hakamlikka turli yosh va sohadagi insonlarni taklif qildik. Ular orasidan bloger, kolumnist, iqtisodchi, deputat, axborot texnologiyalari mutaxassisi, pedagog, moliyachi, huquqshunos, biolog kabi kasb vakillari o‘rin olgan. Umid qilamizki, hakamlar hay’ati chempionatning har tomonlama adolatli, xolis va saviyali o‘tishi.
Mavzuga doir:
Mubashshir Ahmad, Muzaffar Nazarov va Nigora Umarova Blogerlar chempionatida hakamlik qilishadi
Demak, quyidagi mutaxassislar Blogerlar chempionati ishtirokchilarining ijodiy ishlarini baholab borishadi:
Said-Abdulaziz Yusupov — O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, hakamlar hay’ati raisi;
Hakamlar hay’ati a’zolari (ro‘yxat alifbo tartibida):
Abdumalik Nosirov — AKT mutaxassisi;
Adham Otajonov (Abu Muslim) — «Islom.uz», «Quran.uz» singari yigirmadan ortiq diniy-ma’rifiy saytlar tashkil etgan.
Baxtiyor Sheraliyev — Biolog-ixtiolog/genetik, bloger (Xitoy);
Behzod Qobulov — jurnalist;
Botirjon Shermatov — huquqshunos, «LeksMobayl» yuridik firmasi asoschisi (Rossiya);
Davronbek Tojialiyev — «Ziyouz.com» portali asoschisi, bloger;
Inoyatxon Sadikova — bloger. 2014 yili o‘tkazilgan Blogerlar chempionati sovrindori;
Mansur Tangishev — moliyachi-ekspert, «Finansist.uz» axborot-tahliliy sayti asoschisi;
Maqsud Asqarov — «Kun.uz» internet-nashri ta’sischisi — «Web expert» MChJ direktori;
Maqsud Salomov — huquqshunos, bloger. 2015 yili o‘tkazilgan Blogerlar chempionati g‘olibi;
Nodir Zakirov — videobloger (AQSh);
Rasul Kusherbayev — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
Olimjon Solijon o‘g‘li — o‘qituvchi;
Nigora Umarova — frilanser / jurnalist;
To‘lqin Yusupov — AKT mutaxassisi/moliyachi;
Uyg‘un G‘ofurov — Toshkent islom instituti rektori;
Umid G‘afurov — «Troll.uz» loyihasi asoschisi, bloger;
Sherzod Shermatov — Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari;
Shunqor Choriyev — telejurnalist;
Qahramon Aslanov — iqtisodchi, «Tribuna.uz» sayti xodimi, sport jurnalisti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter