Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqichga o‘tish kvotasi oshirildi!

Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqichga o‘tish kvotasi oshirildi!

Shu yilning 12-aprelida O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilgan edi. Chempionatning 1-bosqichiga 387 ta ijodiy ish (matnli, foto, videobloglar) kelib tushdi. Aslida kelib tushgan ishlarning soni 500 dan ortadi, biroq ular Blogerlar chempionati nizomi talablariga javob bermagani uchun qabul qilinmadi.

Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, kelib tushgan ishlar BLOG.XABAR.UZ platformasida 100 ming martadan ko‘proq o‘qilgan, ularga 1848 ta izoh yozib qoldirilgan.

Hakamlar hay’ati birinchi bosqichga kelib tushgan ijodiy ishlarni baholashni yakunladi. Natijalarni mana bu yerda ko‘rish mumkin.

Xabaringiz bor, chempionatning navbatdagi bosqichiga 50 nafar bloger yo‘l olishi kerak edi. 50-o‘rindagi ishtirokchi bilan yana bir nechta blogerning natijasi bir xil bo‘lib qolgan taqdirda, ularning barchasi keyingi bosqichga o‘tishi ko‘zda tutilgan edi.

Blogerlar chempionatining 1-bosqichi. TOP-10 talik. 
Manba: BLOG.XABAR.UZ

Birinchi bosqich muddatini uzaytirilgach, chempionatda kutilganidan ancha ko‘p ishlar kelib tushdi. Ularning juda ko‘pchiligi o‘qishli, sifatli. Buni hakamlar, blogerlar va o‘quvchilarning bahosi, izohlaridan ham bilish mumkin. Biroq ayni paytdagi qoidaga amal qilinsa, 50 tagina blogpost keyingi bosqichga o‘tib, qolganlari kurashni shu yerda to‘xtatishlari kerak bo‘ladi.

Shularni inobatga olib, tashkilotchilar Blogerlar chempionati nizomining 10.1-bandiga asosan 50 nafar emas, balki 75 nafar blogerga chempionatning 2-bosqichida ishtirok etish huquqini taqdim etishga qaror qildi. Umid qilamizki, tashkiliy qo‘mitaning bu qarori chempionatning yanada qiziqarli, murosasiz o‘tishiga xizmat qiladi.

Ikkinchi bosqichga o‘tish chizig‘i.
Manba: BLOG.XABAR.UZ

Ikkinchi bosqich ertadan, ya’ni 22-maydan start oladi. Ikkinchi bosqichda blogerlar yangi, hali hech qayerda e’lon qilinmagan blogpost taqdim etishi lozim. Avval boshqa joyda e’lon qilingan blogpostlar kelib tushsa, ishtirokchi shu zahoti chempionatdan chetlashtiriladi.

Mazkur bosqichga ijodiy ishlarni taqdim etishning so‘nggi muddati — 31-may soat 23:59. Bundan kechikkan ishlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionatining g‘oliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanishadi:

1-o‘rin (1 ta): 15 million so‘m.
2-o‘rin (2 ta): har biriga 8 million so‘mdan.
3-o‘rin (3 ta): har biriga 5 million so‘mdan.

Bundan tashqari, o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi. Nominatsiyalar g‘oliblari homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring