Blogerlar chempionatiga yuzinchi blogpost kelib tushdi
![Blogerlar chempionatiga yuzinchi blogpost kelib tushdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1434793483.png)
Shu kunlarda mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mdan ortiq bo‘lgan Blogerlar chempionati o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda yurtimizdagi bir qator nufuzli vazirlik va idoralar hamkorligida o‘tkazilayotgan tanlov tobora qizg‘in tus olmoqda.
Mazkur tanlovga qiziqish kundan-kunga ortyapti. Bugun tanlovning yubiley — 100-blogposti kelib tushdi. Aytish joizki, mukofot jamg‘armasidan tashqari juda ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar qiziqarli blogpost egalarini kutmoqda.
O‘z iqtidoriga ishongan har bir inson ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin. Shoshiling, blogpostlar may oyiga qadar qabul qilinadi. Blogpostlarni ushbu manzil orqali e’lon qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter