Biznesni tugatish sodda va kam xarajatli bo‘lishi kerak
Biznesni ochish qanday qulay va oddiy bo‘lsa, uni tugatish ham xuddi shunday sodda va kam xarajatli bo‘lishi kerak. Afsuski, oxirgi 20 yilda amalda bo‘lgan tartibga muvofiq, bitta korxonani tugatishga 17 ta hujjatni to‘plash, 6 ta organ va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab, bu jarayon uchun kamida 83 kun vaqt talab etilar edi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boshqarmasi.
Endilikda Prezident farmoni (PF-5739, 07.06.2019) bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarini tugatishning soddalashtirilgan ikkita turi joriy etildi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini tugatishning birinchi turida, 9 oy mobaynida hisob raqamiga pul tushmasa, korxonalar faoliyat ko‘rsatmayotgan statusga o‘tkaziladi.
Undan keyingi qadam, boshqa rivojlangan mamlakatlardagi kabi soliq organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyat yuritmayotgan sub’yektlarni uch yil muddatga harakatsiz («spyaщiy rejim») rejimga o‘tkazadi.
Bu muddatda faoliyatini tiklamasa, avtomatik ravishda Yagona davlat reyestridan chiqarilishi belgilab qo‘yildi.
Tugatishning ikkinchi turi – bu tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish.
Amaldagi tartib bo‘yicha korxonani tugatuvchisi tomonidan bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berishga majbur.
Endi esa korxona tugatilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘zining rasmiy saytiga joylashtiradi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan, faoliyat yuritmagan va tabiiyki soliq qarzi bo‘lmasa, yakuniy tekshirish o‘tkazilmaydi.
Faoliyat ko‘rsatgan korxonalarni ham tugatish uchun tekshirish davriga oxirgi 3 yillik olinadigan bo‘ldi, hozirgi kunda bu davr 5 yilni tashkil etadi.
Tugatish jarayoning umumiy muddati, to‘qqiz oydan olti oyga qisqartirildi.
Bundan tashqari, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter