Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznesni rivojlantirish bankining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bo‘yicha anjuman tashkil etildi (video)

Biznesni rivojlantirish bankining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bo‘yicha anjuman tashkil etildi (video)

Foto: Xabar.uz

4-iyul kuni «Biznesni rivojlantirish banki»ning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi: tashabbuslar va kutilmalar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilma mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi.

KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda bankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Matbuot anjumanida mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan tashabbuslar va istiqboldagi kutilmalar haqida axborot berildi.

Bankning yangi strategiyasida kelgusi 3 yildagi istiqbolli vazifalar va asosiy maqsadlar belgilab olindi. Xususan, 2026 yilgacha bank aktivlari 43,5 foizga oshirilib, bugungi 27 trln. so‘mdan 62 trln. so‘mga, kapital bo‘yicha 3,2 trln. so‘mdan 7,1 trln. so‘mga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mijozlarga eng qulay hamda foydali shartlarda mahsulotlarning taqdim etilishi natijasida, bankning kredit portfeli 25 trln. so‘mga yoki 1,2 barobarga oshirilib, 46,8 trln. so‘mga va depozitlar hajmi 12,2 trln. so‘mga yoki 1,3 barobarga oshirilib, 21,6 trln. so‘mga yetkaziladi.

Kichik biznes vakillari bo‘lgan mijozlar sonini 115 mingtagacha oshirib, bozorning 17,7 foizini hamda chakana biznes mijozlari sonini 2,5 mln. tagacha oshirib, bozorning 16,7 foizini egallash belgilab olingan.

Mijozlarning 75 foizini onlaynga o‘tkazib, ularni faol mobil ilova va internet-banking foydalanuvchilariga aylantirish rejalashtirilgan.

Anjumanda bankning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun 250 dan ortiq tashabbuslar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Bunda, 27 ta tashabbus axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, 48 tasi Inson kapitalini rivojlantirishga hamda 83 tasi Biznesni rivojlantirishga qaratilgan.

Shundan 39 ta tashabbus kichik biznes yo‘nalishida, 44 tasi esa chakana biznes yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring