Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznesni rivojlantirish banki BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qo‘shildi

Biznesni rivojlantirish banki BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qo‘shildi

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qo‘shildi.

Bank Global shartnomaga qo‘shilish orqali o‘z faoliyati va strategiyasini BMT Global kelishuvining inson va mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida umume’tirof etilgan 10 ta tamoyiliga muvofiqlashtirish, BMT Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini amalga tatbiq qilishda, shuningdek, mas’uliyatli biznes amaliyotlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va oshkor etishda tashabbus ko‘rsatish majburiyatini olgan.

«Butun dunyo bo‘ylab barqaror va mas’uliyatli biznes amaliyotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha jamoaviy sa’y-harakatlarimizga qo‘shilishingizdan juda xursandmiz. Sizning ishtirokingiz barqaror va mas’uliyatli global biznes hamjamiyatini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir», – deyiladi tashkilotning rasmiy xabarida.

Biznesni rivojlantirish banki Global shartnoma doirasidagi faoliyatida BMT agentliklari, mehnat guruhlari, xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyalari va  fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiya qilinadi.

Tashkilot rasmiy saytidagi «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning sahifasida bank ushbu tashabbusning to‘liq ishtirokchisi maqomini olganligi hamda barqarorlikni ta’minlash sa’y-harakatlari haqida batafsil yoritilgan.

Ma’lumot uchun, BMTning Global shartnomasi (UN Global Compact) – xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanish sohasidagi yirik tashabbus deb tan olingan hamda barcha a’zo kompaniyalarni barqaror va ijtimoiy mas’uliyatli faoliyat yuritishga undashi bilan ahamiyatlidir.

UN Global Compact bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi eng yirik korporativ barqarorlik tashabbusi hisoblanib, 160 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 15 mingdan ziyod kompaniya va 4 mingga yaqin notijorat ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot a’zo kompaniyalarning Barqaror taraqqiyot maqsadlari yo‘lidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlashiga katta investitsiya kiritib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring