Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB kichik biznes rivoji uchun qancha sarmoya kiritmoqda? (video)

Milliy matbuot markazida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan «Kichik biznes rivoji uchun sarmoyalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda bank boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov ochib berdi.

2023 yil 4 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «Qishloq qurilish bank» negizida «Biznesni rivojlantirish banki» tashkil etildi va uning faoliyati ustuvor ravishda kichik biznes sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirildi.

Bugun mazkur yo‘nalishda qabul qilingan qarorlar ijrosi doirasida bank tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB huzurida xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali istiqbolli kichik biznes loyihalarini amalga oshiradigan «Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi» MChJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirishga ko‘maklashish, ularga konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan 14 ta kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tashkil etildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 306-sonli qaroriga asosan «Biznesni rivojlantirish banki» tomonidan 2023-2026 yillarda «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturini amalga oshirish belgilangan. Ushbu dastur doirasida biznes jarayonlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish uchun Biznes portal ishga tushirildi va tegishli idoralarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi axborot tizimlari bazalariga integratsiya qilindi. Hozirda ushbu Biznes portal orqali mijozlarga onlayn moliyaviy va konsultativ xizmat ko‘rsatilmoqda.

2024 yil 1 may holatiga tadbirkorlik sube’ktlariga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 10,5 trln. so‘mni (jami portfeldagi ulushi – 50,2 foiz) tashkil etgani ma’lum qilindi.

Joriy yil davomida tadbirkorlik sub’yektlariga 1 427,1 mlrd. so‘m kreditlar ajratilgan. Shundan, 1 170,1 mlrd. so‘mi (82 foiz) milliy valyutada, 256,9 mlrd. so‘mi (18 foiz) xorijiy valyutada ajratilgan.

Tadbirda erishilgan natijalar xususida ham batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, joriy yil davomida tadbirkorlik sub’yektlariga 1 427,1 mlrd. so‘m kreditlar ajratilgan. Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan jami kreditlarning 57,2 foizi PQ-306-sonli qaror doirasida ajratilgan kreditlar salmog‘iga to‘g‘ri keladi.

Joriy yil avvalida bank kredit mahsulotlaridan foydalanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari soni 5 291 nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich hozirgi kunda 3 barobarga oshib 16 004 nafarga yetgan.

Hozirgi kunda «Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari uchun bozor talablaridan kelib chiqib 30 dan ortiq turdagi kredit mahsulotlari joriy qilindi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari natijasi o‘laroq, joriy yil davomida bank mijozi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 19 740 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ushbu ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari natijasida joriy yil davomida 10 410 nafar yangi mijozlar jalb qilindi, shundan asosiy hisobraqam ochgan mijozlar – 8 399 ta, ikkilamchi hisobraqam ochgan mijozlar – 2 011 tani tashkil etgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring