Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes uchun marketpleys: muvaffaqiyatli sotuvlar uchun yangi mahsulot!

Biznes uchun marketpleys: muvaffaqiyatli sotuvlar uchun yangi mahsulot!

Smart Ecosystem xalqaro Retail Central Asia PLUS forumida samarali savdo uchun yangi vosita – B2B-marketpleysni taqdim etdi.

21 noyabr kuni Tashkent International Hotel’da Markaziy Osiyo va uning tashqarisida chakana savdo va elektron tijoratni rivojlantirishga bag‘ishlangan Xalqaro Retail Central Asia PLUS forumi o‘tkazildi. Smart Ecosystem tadbirning asosiy homiysi bo‘ldi.

Smart Ecosystem bir necha yil davomida tadbirkorlarga biznes jarayonlarni to‘liq nazorat qilish va optimallashtirish imkonini beruvchi yechimlarni taklif etib kelmoqda.

Ulgurji va chakana savdo uchun yangi qulay platforma – B2B-marketpleys ana shunday yechimlardan biri bo‘ldi. Bu yerda ta’minotchilar, oddiy xodimlarga ketadigan xarajatlarni kamaytirib, o‘z mahsulotlarini sotishlari mumkin, chakana xaridorlar esa bir-ikki tugmaga bosib narxlarni ko‘rishlari, taqqoslashlari va eng yaxshi narxlarda xarid qilishlari mumkin.

Marketpleys funksionali bozor ishtirokchilarining manfaatlari va istaklariga to‘liq moslashtirilgan: bu yerda ulgurji yetkazib beruvchilar uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab mumkin bo‘lgan 80 000 nafar mijozning to‘liq ma’lumotlar bazasi, chakana xaridorlar uchun esa eng yaxshi narxlarda mahsulotlarning keng ko‘lamli katalogi mavjud.

Shuningdek, B2B-marketpleysning o‘ziga xosligi Smart ekotizimining asosiy vositalari  — Trade va Supply’ning o‘zaro aloqasidadir.

Smart Trade — chakana savdo va NKM uchun dastur, u biznes jarayonlarni avtomatlashtirish uchun to‘liq funksionalni ta’minlaydi:

  • Ombor hisobi;
  • Mijozlar bazasi;
  • SMS va e-mail orqali cheklarni yuborish;
  • Istalgan davr uchun sotuv, mahsulot va kassirlar bo‘yicha hisobotlar;
  • Markirovka va markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash;
  • Mahsulotni nomi, shtrix-kodi va boshqa parametrlari bo‘yicha izlash;
  • Tasnif bilan integratsiya;
  • EHFni qabul qilish va yuborish;
  • Onlayn-NKM UZKASSA yoki A-PAY POS’dan foydalanish;
  • Barcha to‘lov ilovalari orqali to‘lovlarni qabul qilish;
  • Planshet, onlayn-NKM yoki kompyuterda kassa bilan qulay ishlash;
  • Mahsulotlarni izlash va ta’minotchilarning o‘zlariga shaxsiy kabinet orqali buyurtma berish
  • va boshqalar.

Smart Supply esa, o‘z navbatida, distribyutorlar, ulgurji bazalar va ta’minotchilar uchun dasturiy ta’minotdir.

Smart Supply afzalliklari:

  • Omborxona hisobi: kirim, chiqim, o‘zgartirish kiritish, hisobdan chiqarish va boshqalar;
  • EHF bo‘yicha mahsulotlarni qabul qilish: qo‘lda, Excel yoki 1Cdan yuklash, skanerlash orqali;
  • Markirovka bilan ishlash: buyurtma berish, agregatsiyalash, hisobga olish, hisobdan chiqarish, nazorat qilish;
  • agregatsiya kodlari yordamida mahsulotlarni tushirish, markirovka kodlari bilan EHFni avtomatik yaratish;
  • qoldiq va mahsulotlar harakati bo‘yicha hisobotlar;
  • mahsulotlarni markirovkalash va agregatsiya kodlari bo‘yicha inventarizatsiya qilish va tekshirish;
  • FMCG va HORECA toifalarida faol mijozlar bazasi;
  • zavodlardan mahsulot yetkazib berish uchun arizalarni shakllantirish;
  • faol mijozlar bazasi;
  • xodimlar bo‘yicha ish va asosiy ko‘rsatkichlar monitoringi;
  • Shaxsiy kabinetda supervayzerlar va logistika uchun funksional;
  • agentlar ishlashi uchun maxsus ilova;
  • Omborda agregatsiya.

Smart Ecosystem’ning B2B-marketpleysi bu — biznes uchun to‘liq va tayyor yechim, bu yerda ulgurji yetkazib beruvchilar va chakana mijozlar bir-biri bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘lishadi va sotuvchidan tortib xaridorgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘zlari samarali boshqarishadi.

B2B-marketpleys imkoniyatlari va Smart ekotizimining boshqa mahsulotlari bilan mutlaqo bepul tanishish mumkin, buning uchun rasmiy saytda murojaat qoldiring.

 +998 71 200 30 50

Instagram | Telegram

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring