Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz pulni ishlab ketamiz, siz bu muammolar bilan shu yerda qolasiz» –  Qizilqum» bosh murabbiyi

«Biz pulni ishlab ketamiz, siz bu muammolar bilan shu yerda qolasiz» –  Qizilqum» bosh murabbiyi

O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan «Navbahor» - «Qizilqum» uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro‘y bergan holat yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Gap shundaki, Namangandagi uchrashuvning 85-daqiqasida «Navbahor» o‘yinchisi Azim Ahmedov to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan, bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov esa VARda vaziyatni takroran ko‘rib ham, «Navbahor» darvozasiga penalti belgilamagan edi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi «Qizilqum»ning 21-raqamli futbolchisi Orifxo‘ja Abduholiqov to‘p uchun kurashda «Navbahor» vakili Azim Ahmedovga nisbatan qo‘pollik ishlatmagani, aksincha darvoza tomon ketayotgan to‘p Azim Ahmedovning qo‘liga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketganini qayd etdi.

«Bu vaziyatda futbolchi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, o‘z tanasini notabiiy ravishda kattalashtirib, to‘pning yo‘lini to‘sgan.

Hakam bu vaziyatda Azim Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatib, «Navbahor» darvozasi tomon penalti belgilashi kerak edi», – deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Qayd etilishicha, ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilgan.

«Qizilqum» bosh murabbiyi Nikola Lazerevich esa o‘yindan keyingi matbuot anjumanida holatni quyidagicha izohlagan:

«Tushuning, biz pulni ishlab uyimizga ketamiz, ammo siz bu muammolar bilan shu yerda qolasiz.»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring