«Bitta sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilarmish» — vazirlik xabarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan «bitta sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafargacha qisqartiriladi» degan xabarlarda asos yo‘q. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu xabarlarga munosabat bildirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, 2022–2026-yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.
Qaror bilan 2022–2026-yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra respublika bo‘yicha 2 899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Ayni damda bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo‘lib, blogerlardan yolg‘on ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter