Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biryo‘la sakkiz hududda yangi bemorlar aniqlandi

Biryo‘la sakkiz hududda yangi bemorlar aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16429 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 36 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 1 nafari Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7218 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 72 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring