Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birjada shakar narxlari arzonlashdi

Birjada shakar narxlari arzonlashdi

Foto: Xabar.uz

18-mart kuni o‘tkazilgan birja savdolarida shakarning o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 11 921,9 ming so‘mdan 10 101,3 ming so‘mgacha, ya’ni 15,3 foizga pasaydi.

O‘tgan savdo kunida birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan barcha hajmi sotildi. Bunda, birja savdolari orqali "Xorazm shakar" MChJ tomonidan 1 200 tonna va "Angren shakar" MChJ tomonidan 900 tonna shakar sotildi.

Eslatib o‘tamiz, 17mart kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan shakarni birja savdolariga kunlik 2 000 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda barchaga teng sharoitda 1 tonnalik lotlarda qo‘yilishini hamda bir savdo sessiyasida bir haridor maksimal 20 tonna shakar sotib olishi ko‘rsatmasi berilgan edi.

Shuningdek, qo‘mita Rossiya va Ukraina sabab shakar narxini oshirayotganlarga murojaat qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring