Birinchi yo‘lovchi elektrsamolyoti sinovdan o‘tkazildi
Kanadada yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ilk elektrsamolyot sinov parvozini bajardi. Harbour Air kompaniyasida tayyorlangan bu samolyotga qimmat yonilg‘i quyish shart emas, xuddi Tesla mashinalari kabi tokdan quvvat oladi.
«Ushbu yo‘lovchi samolyotining prototipi Kanadaning materik qismidan Vankuver oroligacha bo‘lgan 74 kilometr masofani 24 daqiqada uchib o‘tdi», — deyiladi CBC telekanali xabarida.
«Bu loyiha bizni juda to‘lqinlantirib yubordi, u biz uchun ham, elektr aviatsiyasi kelajagi uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini qalban his etyapmiz. Samolyotni rivojlantirishda davom etamiz», — dedi kompaniya vakili Erika Hols telekanalga bergan intrvyusida.
Harbour Air elektrsamolyotlari hozircha qisqa masofalarga mo‘ljallangan. Kompaniya kelgusida ana shunday ekologik toza samolyotlardan ko‘plab ishlab chiqarishga umid qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter