Birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt «yashil» energiya olindi
«Yashil» energetikadagi islohotlar natijasida hozirgacha ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt «yashil» energiya olindi.
Bu yarim milliard kub metr gazni tejash imkonini berdi.
Shu yilning o‘zida mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv, elektr kabi infratuzilmani yaxshilash uchun budjetdan 31,5 trillion so‘m ajratildi. Bunga yana 1,5 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.
Yil boshidan 18 ming 600 ta yangi xonadon qurilib, foydalanishga topshirildi.
O‘tgan olti oyda 26 mingta oilaga 7 trillion so‘mga yaqin ipoteka krediti ajratildi. Ular bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizni qoplash uchun 545 milliard so‘m subsidiya berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter