Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadagi paradga bormaydigan davlat rahbarlari soni ko‘paymoqda

Moskvadagi paradga bormaydigan davlat rahbarlari soni ko‘paymoqda

Foto: «Vedomosti»

Kuni kecha Moskvada 24-iyunga belgilangan G‘alaba paradida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qatnashmasligi ma’lum qilingandi. Sababi — koronavirus pandemiyasi va karantin.

Shuningdek, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus qayd etilib, uning Moskvaga borishi bekor bo‘lgandi.

Bugun Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ham paradga bormasligini ma’lum qilindi. Uning bunday qarorga kelishiga mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sabab bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi tasdig‘i borligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring