Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yildan beri sarson yurgan tadbirkorning manfaati sudda himoya qilindi

Bir yildan beri sarson yurgan tadbirkorning manfaati sudda himoya qilindi

Namangan shahrida faoliyat yurituvchi «Rizo» xususiy korxonasi Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlarining xatti-harakatidan nega norozi bo‘ldi?

Aniqlanishicha, dastlabki murojaatda tadbirkorning ko‘p qavatli turar joy majmuasini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariga Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan ijobiy xulosa berilgan. Keyingilarida qonunchilik hujjatlariga asoslanmagan holda rad etib kelinayotgani uchun tadbirkor bu xabarnomani haqiqiy emas deb topish yuzasidan Namangan tumanlararo sudiga ariza yozgan.

Birinchi instansiya sudi tomonidan ariza rad etilgan. Shundan so‘ng tadbirkor Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakildan apellyasiya instansiyasida uning qonuniy manfaatlarini himoya qilib, sud jarayonida ishtirok etishini so‘ragan.

Vakil xodimi sud jarayonida qatnashib, tadbirkorning qonuniy talablari asosida sudga ma’lumotlar taqdim etdi: Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi isbotlab berildi.

Natijada Namangan viloyati ma’muriy sudi appelyasiya instansiyasining hal qiluv qarori qabul qilinib, birinchi instansiya sudi qarori bekor qilindi va tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring