Bir yilda qariyb 6000 ta an’anaviy Xitoy tabobati klinikasi qurildi
Xitoy tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yilda 6000 dan ziyod an’anaviy Xitoy tabobati klinikasini barpo etdi, deya xabar berdi An’anaviy Xitoy tabobati davlat ma’muriyati.
An’anaviy Xitoy tabobati klinikalari butun mamlakat bo‘yicha qishloq yoki jamoat sog‘liqni saqlash jamoat markazlarining 74 foizida mavjud edi. Ma’muriyat rahbari Yuy Uenminning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Xitoy va G‘arb tabobati yutuqlaridan foydalanadigan onkologik kasalliklarni nazorat qilish dasturini ishga tushirdi.
Ma’muriyat 2020-yilda zamonaviy xizmatlar va internetga asoslangan xizmatlardan foydalangan holda reabilitatsiya terapiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. «REGNUM»ning yozishicha, Xitoy davlati an’anaviy Xitoy tabobatini rivojlantirish uchun faol sarmoya ajratmoqda, mamlakat ichida va xorijda markazlar barpo etmoqda. Jumladan, shu yo‘l bilan sayyohlarni jalb qilib, mamlakatda qashshoqlikni bartaraf etishni ko‘zlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter