Bir yilda avtokreditlarga bo‘lgan talab qariyb 2,5 barobarga kamaygan – tadqiqot
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning 3-choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsa-da, 2023-yilgi darajasida emas. Xususan, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, 2-chorakka nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,9 foizga kam.
Shuningdek, joriy yilning dastlabki 9 oyida banklar tomonidan aholiga jami 12,8 trln so‘m miqdorida avtokreditlar ajratilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga kamaygan. Birgina 3-chorakda ajratilgan avtokreditlar 2-chorakka nisbatan 16,9 foizga va 2023-yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga kamaygan.
Ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati so‘nggi 3 yildagi o‘rtacha darajada saqlanib qolsa, yil oxiriga qadar har oyda o‘rtacha 115-118 mingta avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning 4-choragida har oyda o‘rtacha 154,8 mingta avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter