Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qizga to‘rt nafar erkak tashlangani aytilgan videoga rasmiy izoh berildi

Bir qizga to‘rt nafar erkak tashlangani aytilgan videoga rasmiy izoh berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazmning Bog‘ot tumanida to‘rt nafar erkak bir qizga tashlandi» nomli sarlavha ostida videolavha tarqaldi. Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Qayd etilishicha, videolavhada aks etgan jarayon 29 avgust kuni Bog‘ot tumani IIB ma’muriy binosida oldida qayd etilgan holat bo‘lib, bunda ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro haqoratlagan, lekin bir-biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatmagan.

Videolavhada jabrlanuvchi sifatida tanishtirilgan, Bog‘ot tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan G.S. ismli ayol shu tumanda yashovchi, A.O va A.N. va D.M. ismli erkaklarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Bog‘ot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan, o‘z navbatida ushbu erkaklar ham arizachi G.S.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Bog‘ot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Xabarda alohida qayd etilishicha, G.S.ni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida himoya orderi rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring