Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beeline» o‘z kanallarining bir qismini «Ucell», «UMS» va «Uzmobile»ga berdi

«Beeline» o‘z kanallarining bir qismini «Ucell», «UMS» va «Uzmobile»ga berdi

Foto: «Newsline»

O‘zbekiston uyali aloqa kompaniyalari 1-apreldan boshlab  yangi chastotalar rejasida ishlamoqda: «Beeline» radiochastotali kanallarining bir qismini «Ucell», «UMS» va «Uzmobile» kompaniyalariga berdi, deb xabar berdi «Daryo».

Bir yil avval Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qaroriga binoan «Beeline» 2017-yilning 1-oktyabriga qadar ovozli radio chastotalari spektrining deyarli yarmini  qayta taqsimlash uchun raqobatchilar foydasiga berish taklif qilingan edi. Bir necha muzokaralardan so‘ng, kengash 2017-yilning 11-sentyabr kuni yangi radiochastota rejasiga o‘tish davrini 2018-yil 1-apreliga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, shuningdek, bozorning barcha ishtirokchilariga bir vaqtning o‘zida texnologik betaraflik taqdim etildi.

Mazkur hujjatga binoan endi uyali aloqa operatorlari 900 va 1800 MGs chastotalarida nafaqat «ovozli» 2G standartini, balki 3G va 4G texnologiyalarini rivojlantirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu mobil aloqa operatorlariga mamlakatning eng chekka aholi punktlarini ham tezkor internet bilan ta’minlash imkonini beradi.

Mart oyining so‘nggi kunida «Beeline» 900 va 1800 MGs chastotalaridagi radiochastotasining 47 foizidan foydalanishdan voz kechdi. Yangi tarmoq uskunalarini sotib olish uchun bundan avval qilingan investitsiyalar tufayli, bu «Beeline» abonentlari uchun sezilarsiz tarzda amalga oshirildi. Yaqin kunlarda boshqa mobil aloqa operatorlari ham «Beeline»ning bo‘sh kanallari yordamida yangi radiochastota rejasiga o‘tishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring