Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir nechta yirik korxona va tijorat banklaridagi davlat ulushlari vazirlikka o‘tkaziladi

Bir nechta yirik korxona va tijorat banklaridagi davlat ulushlari vazirlikka o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini isloh qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–283-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–83-son qarorining ilovasida ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari, shuningdek, «UzAssets» investitsiya kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ushbu yirik korxonalar va tijorat banklaridagi ulushlari bo‘yicha vakolatlarini amalga oshirish va boshqarish funksiyalari ishonchnoma orqali cheklanmagan muddatga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga beriladi.

Ushbu qaror 2023 yil 21 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring