Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida erta tongdan yo‘llarga suv sepilib, yuvilgani  va muzlab qolishi oqibatida bir nechta «avariya»lar sodir bo‘lgani haqida video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu video lavhada bugun, 18 mart kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida «Matiz», «Kobalt», «Damas», «Vaz-2106» va «Neksiya» rusumli bir necha avtomobillar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

YTH yuzasidan Qibray tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring