Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘m — Prezident qarori

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘m — Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini davom ettirish hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida 2020-yilning sentyabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan:

  • moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  • nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘m etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, respublikadagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktyabrga qadar grippga qarshi bepul emlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring