Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda uylangan uch egizak bir paytda ota bo‘lishdi

Bir kunda uylangan uch egizak bir paytda ota bo‘lishdi

Foto: «Pulse»

Nigeriyaning Ngvo shahrida bir kunda uylangan uchta egizak aka-uka bir vaqtning o‘zida ota bo‘lishdi. Bu haqda «Pulse» nashri xabar bermoqda.

Chinedu, Chukvuebuka va Kenechukvu Oniya 2020-yil 6-iyun kuni to‘y qilishdi. Boshida ularning kelinchaklari ham uch egizak opa-singil ekanligi haqida mish-mish tarqaldi, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. 10 oydan keyin uchalasi ham farzandli bo‘lishdi.

«Bolaligimizdayoq hammasi shunday bo‘lishini orzu qilganmiz. Onamiz ham bizning bir vaqtda uylanishimizni niyat qilardi. Uchalamizning bir kunda kuyov bo‘lishimizni tasavvur qilishni juda yaxshi ko‘rardi. Buning uchun har kuni tinmay ibodat qilardi. Chunki uchalasini bir vaqtning o‘zida uylantirish oson emasligini bilardi. Afsuski, u 2013-yilda hayotdan ko‘z yumdi va buni ko‘rish nasib qilmadi», — deydi Chinedu Oniya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring