«Bir kilo ozganga 500 ming so‘m beramiz» — Farg‘ona hokimi
Bugun Xayrullo Bozorov xalqqa murojaat bilan chiqdi va Farg‘onada amalga oshirilgan ishlar va qilinishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Hokimning qayd etishicha, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida vazn tashlagan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda viloyatda yashovchi me’yordan ortiqcha vaznga ega fuqarolar, maxsus dastur doirasida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha vaznni yo‘qotishga erishsalar, har bir kilogram ozish uchun 500 ming so‘m miqdorida pul beriladi. Barcha ijro organlari bu tajribani ommalashtirish bo‘yicha ish olib boradilar.
Bu borada maxsus nizom ishlab chiqiladi. Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar yashash joyi bo‘yicha poliklinikada vaznni tortirib, qayddan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Olti oydan so‘ngra takroriy ko‘rik o‘tkaziladi, bir yil davomida qayd etilgan natijaga ko‘ra, eng kamida 5 kg vazn yo‘qotishga erisha olgan fuqarolarga to‘lov amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter