Bir haftada 900 ukrainalik qizamiqqa chalindi
Ukrainada so‘nggi bir hafta davomida 900 kishi qizamiqqa chalingan. 2018-yil boshidan beri esa bu xastalikka mubtalo bo‘lganlar soni 26 ming kishiga yetgan, deya xabar beradi «RIA Novosti» Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib.
Avvalroq «Rospotrebnadzor» (Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati) Ukrainaga bormoqchi bo‘lgan rossiyaliklarni qizamiqqa qarshi emlanishi haqida ogohlantirgan edi.
«Shu yilning 29-haftasida 882 kishi, shu jumladan, 413 bola qizamiqqa chalingan. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 3,1 foizga ko‘p», – deyiladi xabarda.
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil boshidan beri 26,6 ming kishi qizamiq bo‘lgan Ulardan 13 kishi (9 bola, 4 kishi) halok bo‘lgan.
Qizamiq – o‘tkir infeksion yuqumli kasallik bo‘lib, havo-tomchi orqali yuqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter