Bill Geytsning qizi koronavirusga qarshi emlanib, «chiplashtirish»ga shama qildi
Milliarder Bill Geytsning qizlaridan biri SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi emlangan. U bu haqda «Instagram»da ma’lum qildi.
24 yoshli Jennifer Geyts hozircha zarur bo‘lgan ikkita dozadan faqat bittasini olgan. Suratda qiz «Men COVID-19ga qarshi vaksinamni oldim» degan stikerni namoyish qilmoqda. Boshqalar ham vaksinatsiya haqida o‘ylashi kerak, dedi u. «Qancha ko‘p odam immunitetga ega bo‘lsa, shuncha ko‘p hamma uchun xavfsiz bo‘ladi», — deya tushuntirdi u.
«Afsuski, vaksina menga dono otamning miyasini joylashtirmadi, — deya hazillashdi Jennifer Geyts. — Qani edi mRNA shunday kuchga ega bo‘lsa».
U Bill Geyts odamlarni chiplashtirishni niyat qilayotgani haqidagi tuhmatga shama qildi.
Avvalroq milliarder COVID-19 ga qadar ham shu kabi bo‘htonlarga duch kelganini tan oldi va vaksinalarga bo‘lgan ishonchsizlik pandemiyaga qarshi kurashni sekinlashtirishidan ogohlantirdi. Bill Geytsning o‘zi 22-yanvardayoq emlangan.
Jenifer Geyts — dunyodagi eng boy odamlardan biri hisoblanuvchi, boyligi 124,3 milliard dollarga baholangan, Microsoft asoschisi Bill Geytsning qizi. U Stenford universitetida tibbiy ta’lim olmoqda. 2020-yilda uning turmush o‘rtog‘i ot musobaqasi bilan shug‘ullanuvchi misrlik taniqli sportchi 28 yoshli Nayel Nassar ekanligi oydinlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter