Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geytsning 400 milliard dollarlik xatosi

Bill Geytsning 400 milliard dollarlik xatosi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Bill Geytsning ta’kidlashicha, bugungi kunda dunyodagi eng ommabop operatsion tizim Android emas, balki Microsoft Mobile bo‘lishi mumkin edi. Ammo Microsoft kompaniyasi mobil telefonlar uchun ishlab chiqarilayotgan tizimga katta kuch sarflashiga antimonopol qo‘mita bilan olib borilayotgan sud ishlari yo‘l qo‘ymagan.

Sud mashmashalari bilan o‘ralashib qolgan kompaniya Microsoft Mobile tizimiga yetarlicha e’tibor qarata olmaydi. Natijada Android rivojlanib ketadi va bozorni to‘lig‘icha egallab oladi.

Bill Geyts o‘zining xatosini 400 milliard dollarga baholagan. Eslatib o‘tamiz, Microsoft Mobile tizimi 2010 yilda ishga tushirildi, ammo oradan 7 yil o‘tib loyiha to‘lig‘icha inqirozga uchradi. 2019 yilda esa Microsoft Mobile o‘zi ishlab chiqargan OS dasturi ta’minotidan voz kechganini rasman e’lon qildi va foydalanuvchilarga Android tizimiga o‘tishni maslahat berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring