Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts: koronavirus vaksinasi yordam bermasligi mumkin

Bill Geyts: koronavirus vaksinasi yordam bermasligi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

«Microsoft» korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusga qarshi vaksina infeksiya tarqalishiga to‘sqinlik qila oladigan darajada samara bermasligi mumkinligidan ogohlantirdi.

Geyts «CNN» telekanaliga bergan intervyusida vaksina ishlab chiqaruvchilar ikkita xususiyatga tayanishini aytib o‘tdi: emlangan odamda kasallikning oldini olish va infeksiyaning boshqa odamlarga yuqishiga yo‘l qo‘ymaslik.

«Birinchi holatda vaksina infeksiya yuqishiga qarshi ideal to‘siq bo‘lishini kafolatlamaydi»,dedi u.

Bill Geyts kasallikka qarshi organizmning o‘z immun javobi samaradorligini yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqilgan immunitet kamida bir yil davomida qayta kasallanish xavfidan himoya qiladi.

«Microsoft» asoschisi, shuningdek, AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchining taxminini qo‘llab-quvvatladi: uning fikricha, koronavirusga qarshi vaksina 2020-yilning oxirida yoki 2021-yilning boshida tayyor bo‘ladi.

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi JSSTning ikkinchi eng yirik donori hisoblanadi. U 2018-2019-yillarda tashkilot budjetining 9,76 foizini ta’minladi. Jamg‘arma vaksina va dorilar ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring