Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts insoniyatni qutqarish uchun stratosferaga bo‘r sepmoqchi

Bill Geyts insoniyatni qutqarish uchun stratosferaga bo‘r sepmoqchi

Milliarder Bill Geyts stratosferaga sepilgan bo‘r sayyorani quyosh nurlaridan qanchalik samarali himoya qilishga qodir ekanligini o‘rganishni rejalashtirmoqda. Agar natija yaxshi bo‘lsa, milliarder katta miqdordagi bo‘r yordamida sayyorani qutqarib qolishga erishmoqchi.  Sovet tadqiqotchisi yarim asr ilgari shunga o‘xshash samaraliroq  vosita – oltingugurt sepishni taklif qilgan edi.  Bu hodisa oqibatida insoniyat katta miqdorda yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin.

Microsoft asoschisi ushbu loyiha uchun uch million dollar bergan: ikki kilogramm bo‘rni 19 kilometr balandlikka ko‘tarish va ushbu balandlikdan bo‘rni yerga tomon sochish.  Ushbu amaliyot orqali g‘oya qanchalik asosli ekanligini aniqlash, stratosferada bo‘rni qancha miqdorda taqsimlash kerakligini aniq hisoblash mumkin bo‘ladi.

Buning uchun nega aynan 19 kilometr masofani bosib o‘tish kerak?  Haqiqat shundaki, troposferada biron bir narsani purkash foydasiz: u yerda yomg‘ir yog‘adi, changni yuvib tashlaydi.  Aytaylik, Sahroi Kabirdan har yili troposferaga 1,6-1,7 gigaton qum va chang ko‘tariladi, ammo ular nam zonalarga tushganda, bu changlarning hammasi yomg‘ir bilan yerga qaytib tushadi.  Shuning uchun yer yuzidagi eng katta cho‘l global isishdan himoya sifatida xizmat qilsa-da, bu faoliyatini juda sust bajaradi.

Ba’zi G‘arb olimlari Geytsning fikrlarini noto‘g‘ri deya ta’kidlamoqdalar. Edinburg universiteti professori Styuart Xaszeldayn shunday dedi: «Ha, u quyosh radiatsiyasini kamaytirish orqali sayyoramizni sovitadi, lekin bu xuddi geroinni tomir orqali yuborishga o‘xshaydi: ta’sirni saqlab qolish uchun buni qayta-qayta qilishingiz kerak bo‘ladi».

Quyoshni radiatsiyasini kamaytirishni birinchi bo‘lib kim taklif qilgan?

CO2 chiqindilari tufayli global isish faktini 1960 yillarda iqlimshunos Mixail Budikov hisoblab chiqqan. 1971 yilda u o‘z tezisini xalqaro konferensiyada taqdim etadi. Ammo unga o‘shanda qarshi chiqishgandi. Olim SO2ning SO2 ga nisbatan kuyachli ekanligini oradan birmuncha vaqt o‘tgach isbotlab beradi.

U buni stratosferada oltingugurt yoqadigan samolyotlar yordamida amalga oshirishni taklif qiladi. 

Olimning fikriga ko‘ra, oltingugurt yoqilganda oltingugurtli angidrid SO2 hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, massasining yarmi havo kislorodidan olinadi, bu esa materialni stratosferaga yetkazish narxini ikki baravar kamaytiradi.  Stratosferadagi ushbu modda global isishga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatib, quyosh nurlarining troposferaga kirib, sayyora yuzasini isitishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi.

Stratosferada yoqilgan bir kilogramm oltingugurt bir necha yuz tonna karbonat angidridning ta’sirini muvozanatlashtirishi ko‘zda tutilgandi.

Optimistik hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili 5 million tonna SO2 ning stratosferaga quyilishi global isishni keskin cheklash uchun etarli bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, Oltingugurt yoqish qulay va arzon tanlov bo‘lsa, Geyts nega unga nisbatan og‘irroq bo‘r moddasini tanlanmoqda?

Bu savolga rasmiy javob quyidagicha: SO2 ozon qatlami uchun xavfli bo‘lib, u ozonni yo‘q qiladi.  SO2 va O3 uchun ultrabinafsha nurlanishining assimilyasiya qilish spektri mos kelib, oltingugurt dioksidi ultrabinafsha nurlarini to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun azon qatlamiga ta’sir o‘tkazmaydigan modda — bo‘r tanlanmoqda.

Geys rejasini amalga oshirish mumkinmi?

Yer osmonini qorong‘ulashtirish global isishga qarshi kurashishning eng oson, eng arzon va eng samarali usuli hisoblanadi.  Buning o‘rniga va boshqa muqobil variantni tanlashda, qora rangni hamma narsadan ustun qo‘yish kerak bo‘ladi.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, yer yuzini shu tarzda global isishdan qutqarish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, global isishni oldini olish uchun yiliga 2-8 milliard dollar sarmoya ketadi. Millarder esa o‘z mablag‘lari hisobidan 50 millard dollar pul ajratgan. Umuman olganda, AQSh harbiy xarajatlarining 1 foiz qismini ajratish orqali yer yuzasini global isishdan saqlab qolishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring