Bill Geyts global isishga qarshi loyihaga 2 milliard dollar ajratdi
Amerikadagi IT-giganti atalmish Microsoft kompaniyasi rahbari Bill Geyts global isishga qarshi kurashga qaratilgan loyihaga 2 milliard dollar ajratgan. Bu miqdordagi mablag‘ni tadbirkor besh yil davomida investitsiya qiladi.
Geytsning fikriga ko‘ra, ekologik tadqiqotlar uchun sarflanadigan mablag‘ yetakchi davlatlar tomonidan besh yil davomida ko‘paytirib borilishi lozim. Microsoft asoschisi atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun hukumatlar yiliga 110 million dollar sarflashi kerak deya hisoblaydi.
Geyts atom energetikasini kelajagi bor yo‘nalish deya hisoblaydi. Uning aytishicha, dunyo sanoatini qamrab olish uchun birgina «shamol va quyosh»ning o‘zi yetarli emas. U atmosferani karbonat angidriddan tozalaydigan texnologiyalar rivojlanishiga umid bog‘lamoqda.
Shuningdek, Microsoft asoschisi vodorod yoqilg‘isini kelajak energiya manbai deb atagan, chunki vodorod yoqilg‘isi sanoatda sement va temir chiqindisi chiqishini kamaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter